Bukhara Desert Oasis & SPA majmuasi

Yetti pir ziyoratgohi
Xojagoniya tariqatining yetti ulug‘ piri mangu qo‘nim topgan qadamjolarni ziyorat qilish uchun har yili dunyoning turli nuqtalaridan ko‘plab musulmonlar tashrif buyuradi. Bugungi kunda mazkur ziyoratgohlar majmualari rekonstruksiya qilinib, zamonaviy holga keltirilgan.
Quyida yetti pir ziyoratgohlari nomi va ularning qaysi hududda joylashganini keltiramiz:
“Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy” ziyoratgohi — G‘ijduvon tumanida;
“Xoja Muhammad Orif Revgariy Mohitobon” ziyoratgohi — Shofirkon tumanida;
“Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy” ziyoratgohi — Vobkent tumanida;
“Xoja Ali Romitaniy” ziyoratgohi — Romitan tumanida;
“Xoja Muhammad Boboyi Samosiy” ziyoratgohi — Romitan tumanida;
“Sayyid Amir Kulol” ziyoratgohi — Kogon tumanida;
“Bahouddin Naqshband” ziyoratgohi — Kogon tumani Qasri Orifon qishlog‘ida joylashgan. Ushbu ziyoratgohda muzey mavjud bo‘lib, unga kirish pullik. Ziyorat qilish esa bepul.