Bukhara Desert Oasis & SPA majmuasi

Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi
Suronli davrda Buxoro Xalq Sho‘rolar Respublikasini to‘rt yil, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini (O‘zSSR) oʻn ikki yil boshqargan Fayzulla Xo‘jayev nomi ko‘pchilikka yaxshi tanish. Bu tarixiy shaxs istiqomat qilgan xonadon mustaqillikning ilk yillarida uy-muzeyga aylantirilgan. Uy-muzey XIX asr me’morchiligining yorqin namunasi hisoblanib, dastavval mashhur savdogar Ubaydullo Xo‘ja Qosim Xo‘jayevga tegishli bo‘lgan, keyin uning o‘g‘li Fayzulla Xo‘jayevga o‘tgan.
Yirik siyosatchi va davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayev oilasi istiqomat qilgan qadimiy hovli sayyohlar orasida ancha mashhur. Majmua XIX asr oxirlari Buxoro tarixi va madaniyati, o‘sha davrdagi savdogarlar hayoti, uy jihozlari va nodir san’at namunalari bilan tanishish imkonini beradi. Uy-muzeydan 500 dan ortiq eksponat o‘rin olgan.
Buxoro shahrining markazi, Abdulla To‘qay ko‘chasi, 70-uyda joylashgan uy-muzey maydoni 3 gektarni tashkil etadi.