Bukhara Desert Oasis & SPA majmuasi

Sitorai Mohi Xossa
Sitorai Mohi Xossa xalq amaliy bezak san’ati muzeyi Buxorodagi mang‘itlar sulolasining 3 avlodiga mansub saroy-bog‘ bo‘lib, viloyat markazidan 4 km shimolda joylashgan. Asosiy binolar amir Mir Sayyid Olimxon davrida bunyod etilgan. Majmua 1911−1918-yillarda qurib, tugatilgan. Uning maydoni 6 gektar, eski saroy, g‘isht to‘shalgan uch hovli va ko‘pgina xonalardan iborat.
Ushbu muzeyga kuniga yuzlab turistlar keladi. Ular 700 ga yaqin eksponat bilan tanishish va tarixiy ma’lumotlar olish imkoniga ega.