Zomin
Toshkent – Zomin – Jizzax: tog‘ havosi
Narx kelishiladi

Nukusdan zamonaviy turistik avtobusda Zominga sayohat. Birinchi kuni Zomin milliy tabiat bog‘i, suv ombori, osma dor yo‘li, oynali osma ko‘prik, ming yoshli archa, Sherbuloq va sharshara ekomarshrutlari. Kechqurun mehmonxonada kechki ovqat va davra suhbati. Ikkinchi kuni Peshag‘or g‘ori, Jizzaxda Jizzax somsasi, «O‘rda» ekologik bog‘i va muzeylar.
Dasturning 1 kunlik varianti ham bor: Nukusdan kechqurun jo‘nab, ertalab Zominga yetib kelinadi va o‘sha kuni ekskursiya o‘tkaziladi.
Narx 50 kishilik guruh uchun kelishiladi. Boshqa shahar va tumanlardan olib chiqilganda transport narxi o‘zgaradi.
06:00 — Nukus shahridan Zominga jo‘nash
09:30 — Zominga yetib kelish, shahar bo‘ylab ekskursiya
09:40–12:00 — Tandir go‘sht tatib ko‘rish, Zomin suv ombori, Zomin milliy tabiat bog‘i va 700 yoshli grek yong‘og‘i haqida ma’lumot
12:30–13:30 — Milliy restoranda tushlik
14:00–17:00 — Osma dor yo‘li, oynali osma ko‘prik, ming yoshli archa, Sherbuloq va sharshara ekomarshrutlari (ayrim obyektlar avtobusdan tushmagan holda tanishtiriladi)
17:00 — Sayid ota uy mehmonxonasiga joylashish (xohlovchilarga Everest mehmonxonasi), kechki ovqat
19:00 — Diskoteka yoki davra suhbati
22:00 — Dam olish
07:30 — Uyg‘onish
08:00–09:00 — Nonushta
10:00–12:00 — Peshag‘or g‘origa sayohat
12:00 — Jizzaxda tushlik (Jizzax somsasi)
13:00–14:30 — «O‘rda» ekologik bog‘i, Sharof Rashidov muzeyi, Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim muzeyi
15:00 — Mehmonlarni kuzatish (poyezdda kelganlarni vokzalgacha)