Shohi Zinda memorial ansambli

Samarqand viloyati musiqali drama teatri
1964-yilda bunyod etilgan ushbu teatr binosi 2023-yilda qayta rekonstruksiya qilindi. Teatrning katta tomosha zali 586 o‘rinli bo‘lib, bu yerda yiliga 150 dan ziyod spektakl qo‘yiladi. “Bahodir Yalangto‘sh”, “Layli va Majnun”, “Ko‘chki” kabi sahna asarlari tomoshabinlar orasida ancha mashhur bo‘lgan. Teatrga bir yilda 60 mingga yaqin tomoshabin tashrif buyuradi.