Family Park majmuasi

SamarqandTarixiy obida

Xalqaro darajada qurilgan ushbu ko‘ngilochar majmuada qulay xarid qilish va dam olish uchun barcha sharoitlar mavjud: kinoteatr, konkida uchish maydoni, fud-kort, kitob do‘koni, bouling va boshqalar.

Umumiy maydoni 43 ming kvadrat metr bo‘lgan zamonaviy markazda shahar aholisi va mehmonlariga qiziqarli hamda maroqli hordiq chiqarishlari uchun qator imkoniyatlar yaratilgan.

Kuniga minglab odam tashrif buyuruvchi markaz ayniqsa, o‘zining muz maydoni, oilaviy kinoteatri (kinoteatrdagi seanslar jadvalini Afisha.uz saytida topishingiz mumkin) va bouling xizmatlari bilan aholi orasida ancha ommalashgan. Ko‘ngilochar majmuada keng yer osti avtoturargohi ham mavjud.

Ish tartibi: har kuni soat 09:00 dan 23:00 gacha

Manzili: Samarqand shahri, Narpay ko‘chasi.

Qo‘ng‘iroq So‘rov