Nukus – Zomin – Jizzax: tog‘lar va tarix

Zomin2 kun / 1 kecha50 kishigacha

Nukusdan zamonaviy turistik avtobusda Zominga sayohat. Birinchi kuni Zomin milliy tabiat bog‘i, suv ombori, osma dor yo‘li, oynali osma ko‘prik, ming yoshli archa, Sherbuloq va sharshara ekomarshrutlari. Kechqurun mehmonxonada kechki ovqat va davra suhbati. Ikkinchi kuni Peshag‘or g‘ori, Jizzaxda Jizzax somsasi, «O‘rda» ekologik bog‘i va muzeylar.

Dasturning 1 kunlik varianti ham bor: Nukusdan kechqurun jo‘nab, ertalab Zominga yetib kelinadi va o‘sha kuni ekskursiya o‘tkaziladi.

Narx 50 kishilik guruh uchun kelishiladi. Boshqa shahar va tumanlardan olib chiqilganda transport narxi o‘zgaradi.

Kunma-kun dastur

  1. Kun1

    Nukusdan Zominga, tabiat bog‘i va ekomarshrutlar

    06:00 — Nukus shahridan Zominga jo‘nash
    09:30 — Zominga yetib kelish, shahar bo‘ylab ekskursiya
    09:40–12:00 — Tandir go‘sht tatib ko‘rish, Zomin suv ombori, Zomin milliy tabiat bog‘i va 700 yoshli grek yong‘og‘i haqida ma’lumot
    12:30–13:30 — Milliy restoranda tushlik
    14:00–17:00 — Osma dor yo‘li, oynali osma ko‘prik, ming yoshli archa, Sherbuloq va sharshara ekomarshrutlari (ayrim obyektlar avtobusdan tushmagan holda tanishtiriladi)
    17:00 — Sayid ota uy mehmonxonasiga joylashish (xohlovchilarga Everest mehmonxonasi), kechki ovqat
    19:00 — Diskoteka yoki davra suhbati
    22:00 — Dam olish

    Tushlik, Kechki ovqat
  2. Kun2

    Peshag‘or g‘ori va Jizzax

    07:30 — Uyg‘onish
    08:00–09:00 — Nonushta
    10:00–12:00 — Peshag‘or g‘origa sayohat
    12:00 — Jizzaxda tushlik (Jizzax somsasi)
    13:00–14:30 — «O‘rda» ekologik bog‘i, Sharof Rashidov muzeyi, Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim muzeyi
    15:00 — Mehmonlarni kuzatish (poyezdda kelganlarni vokzalgacha)

    Nonushta, Tushlik

Narxga kiradi

  • Barcha qulayliklarga ega zamonaviy avtobus
  • Tushlik
  • Professional gid
  • Obyektlarga kirish biletlari
  • Sug‘urta

Narxga kirmaydi

  • Folklor chiqishlar (qo‘shimcha xizmat)
  • Esdalik fotosuratlari, kompakt diskda (qo‘shimcha xizmat)
  • Shaxsiy xarajatlar

Suratlar

Turni band qilish

Nukus – Zomin – Jizzax: tog‘lar va tarix. Ism va telefoningizni qoldiring, sizga qo‘ng‘iroq qilamiz.

Qo‘ng‘iroq So‘rov