Shohi Zinda memorial ansambli

Registon maydoni
Samarqandning tashrif qog‘oziga aylangan Registon maydoni necha yildirki, nafaqat mahalliy, balki chet ellik sayyohlarning ham betakror me’moriy jozibasi bilan o‘ziga jalb etib kelmoqda. Mazkur maydonga “yer yuzining sayqali”, “dunyodagi eng ulug‘vor maydon” singari turli ta’riflarning berilishi ham bejiz emas. Registon maydonida uchta: Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari qad ko‘targan. 2001-yilda YUNESKO butundunyo merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand durdonasi har yili millionlab mehmonlarga xizmat ko‘rsatadi. Mavsum paytida kuniga 20 mingta odam tashrif buyuradi.